Nozimaxon Davletova muhim lavozimga tayinlandi

eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan
Nozimaxon Davletova muhim lavozimga tayinlandi / Foto: Mass-media fondi

Nozimaxon Eldarovna Davletova O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi maslahatchisi – Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

U mazkur sohada muhim islohotlar va tashabbuslarni ilgari surishda faol ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Davletova 1988-yilda tug‘ilgan. 2011-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini, 2013-yilda esa Yaponiyadagi Sukuba universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2015-yildan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘qituvchilik bilan boshlagan. Shuningdek, u Toshkentdagi Webster universitetida ham dars bergan.

2022-yilga qadar u Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining direktori, keyinchalik esa Vasiylik kengashi raisi lavozimlarida ishlagan. 2023-yil dekabr oyida esa Prezident Administratsiyasining Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Administratsiya va muhim tuzilmaviy bo‘linmalarda qanday tayinlovlar amalga oshirilgan edi.

Shuningdek