O‘zbekiston AQShdan yadro kontrabandasini aniqlash tizimlarini oldi

eʼlon qilindi
«Gulbahor» postida zamonaviy soyabon qurildi
Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

30-iyul kuni Toshkentda AQSh elchisi Jonatan Henik ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda ikki muhim loyiha taqdim etildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.

Radiatsiya kontrabandasi nazoratga olindi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

AQSh Energetika vazirligining Yadro kontrabandasini aniqlash va oldini olish dasturi doirasida O‘zbekiston bojxonalariga qiymati qariyb $1 millionga teng uskunalar — transport va piyodalar uchun mo‘ljallangan radiatsiya portal monitorlari topshirildi. Bu uskunalar yadro materiallari kontrabandasining oldini olish, xavfni vaqtida aniqlash va bojxona xodimlarini zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish imkonini beradi.

«Ushbu taqdimot Amerika Qo‘shma Shtatlarining global xavfsizlik va ommaviy qirg’in qurollarni tarqatmaslik borasidagi qat’iy sodiqligini aks ettiradi. O‘zbekistonni eng zamonaviy vositalar bilan ta’minlash orqali biz yadroviy materiallardan noto‘g‘ri foydalanishning oldini olish, chegara xodimlari, aholi va butun mintaqa xavfsizligini ta’minlash uchun birgalikda harakat qilmoqdamiz», dedi elchi Henik.

«Gulbahor» postida zamonaviy soyabon qurildi

Ikkinchi loyiha doirasida esa «Gulbahor» bojxona postida zamonaviy soyabon qurildi. Bu ob-havo sharoitidan qat’iy nazar, xodimlarning ish faoliyatini davom ettirishiga imkon yaratadi. Loyiha O‘zbekiston tomoni so‘roviga asosan AQSh Harbiy hamkorlik boshqarmasining Narkotiklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan moliyalashtirildi.

«Ushbu loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning naqadar mustahkamligidan dalolat beradi. Ular bizning umumiy qadriyatlarimiz va umumiy muammolarni hal qilishga bo‘lgan intilishimizni aks ettiradi. Biz birgalikda yanada xavfsiz va ishonchli kelajak qurmoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi elchi.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

30 yillik hamkorlik

AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida 30 yildan ortiq davom etayotgan xavfsizlik va diplomatik aloqalar tobora mustahkamlanmoqda. Tadbir yakunida tomonlar bunday tashabbuslar kelgusida ham davom etishini bildirdi. O‘zbekiston endilikda yanada kuchli texnik salohiyatga ega AQSh esa bu jarayonda doimiy strategik hamkor bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkorlar bojxonada qolib ketgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirish taklifini bergani haqida yozgandi.

Shuningdek