O‘zbekiston limon eksportini yetti foizga oshirdi

eʼlon qilindi
Asosiy importchi Rossiya
limonchilik rivojlantiriladi
O‘zbekistonning limon eksporti 2025-yilning birinchi yarmida 7 foizga oshdi. Foto: Pexels.com

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – iyun oylarida limon eksportini 7,1 foizga oshirdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yilning birinchi yarmida mamlakat 1,9 tonna limon eksport qilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati $3 millionni tashkil etdi. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 127 tonnaga ko‘p.

O‘zbekiston limonining asosiy eksport bozorlarini quyidagi davlatlar tashkil etdi:

  • Rossiya – 1 087 tonna;
  • Qozog‘iston – 734 tonna;
  • Qirg‘iziston – 82 tonna;

Qolgan 5 tonnasi esa boshqa davlatlar tomonidan import qilingan.

EastFruit mutaxassislarining fikricha, O‘zbekiston sitrus mevalari eksportining barqaror o‘sishi limon yetishtiriladigan maydonlarning kengayishi, logistika tizimining yaxshilanishi va yuqori sifatli o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xalqaro talabning ortib borishi bilan bog‘liq.

Bundan avval O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – may oylarida xorijga qiymati $2,8 millionga teng bo‘lgan 1 740 tonna limon eksport qilgani haqida yozgandik.

Shuningdek