
2025-yil 30-iyulda qabul qilingan «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun bilan parlamentdagi muxolifat vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Endilikda muxolifatga mansub siyosiy partiya fraksiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 1 nafar qo‘mita raisi hamda 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallaydi.
Muxolifatga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishgacha ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir muqobil tahrirdagi qonun loyihasini yoki uning alohida qismini taklif etish huquqi berildi.
Shuningdek, muxolifat har chorakda «Hukumat soati» doirasida savollar berish va muhim masalalarni ko‘tarish, parlament so‘rovi orqali esa dolzarb mavzularni rasmiy muhokamaga olib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi Suv kodeksi qabul qilingan edi.