
Samsung Hindistonda yangi Samsung Galaxy Z Fold7 smartfoni kutilganidan ham ko‘proq talabga uchraganini bildirdi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda. Ba’zi hududlarda ushbu model hatto omborda qolmagani aytilmoqda.
Kompaniya Hindistondagi Noida zavodida ishlab chiqarishni oshirmoqda. Maqsad – ortib borayotgan ehtiyojni qondirish.
Galaxy Z Fold7 arzon bo‘lmasa ham mamlakatda juda mashhur bo‘lib ketdi. Atigi 48 soat ichida Fold7 va Flip7 modellari bo‘yicha 210 mingta oldindan buyurtma qabul qilingan.
Smartfonga talab nafaqat do‘konlarda, balki onlayn savdo kanallarida ham yuqori. Galaxy Z Fold7 ilgari ekstremal mustahkamlik testidan ham muvaffaqiyatli o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung‘ning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.