Abdusalom Azizov va Po‘lat Bobojonov yangi lavozimlarga tayinlandi

eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan
Abdusalom Azizov va Po‘lat Bobojonov yangi lavozimlarga tayinlandi/ Foto: Wikipedia

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq bir qator mas’ullar yangi lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Po‘lat Bobojonov prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, avvalgi birinchi o‘rinbosar lavozimidan ozod etildi.

Galina Saidova iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Obid Xakimov esa O‘zR prezidenti iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimi bilan birga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori bo‘ldi.

Abdusalom Azizov, Muzaffar Kamilov va Rustam Kamilov prezidentning vakillik organlari, NNTlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi.

Javlon Vahabov tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimini egalladi.

Bahodir Tashmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tayinlovlar tegishli yo‘nalishlarda tizimli islohotlarni davom ettirish maqsadida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nozimaxon Davletova muhim lavozimga tayinlangan edi.

Shuningdek