Manbalar

Toshkent viloyatida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Stansiya uchun Burchmulla qishlog‘i yaqinidan 10 gektar yer ajratilgan
Toshkent viloyatida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi / Foto: «O‘zbekgidroenergo»

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega bo‘lgan Chorvoq shamol elektr stansiyasining qurilishi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekgidroenergo» matbuot xizmati xabar berdi.

Stansiya uchun Burchmulla qishlog‘i yaqinidan 10 gektar yer ajratilgan. Loyihaga ko‘ra, yiliga 50 mln kVt⋅soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Loyihani Xitoyning TBEA Co. Ltd kompaniyasi amalga oshiradi. Qurilish uchun Xitoy tomonidan $28 dollar miqdorida grant ajratilgan.

Mazkur stansiya 2025-yilda ishga tushiriladi. Joriy yilda O‘zbekiston bo‘ylab 16 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi va ular uchun infratuzilma qurilishi rejalashtirilgan. Bu loyihalarga $5 mlrd yo‘naltiriladi.

Iyul boshiga kelib mamlakatda yashil energiya ishlab chiqarish hajmi 8,7 mlrd kVt⋅soatga yetdi. Bu esa 3 mlrd kub metr gazni tejash imkonini berdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda elektrdan foydalanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etilgani haqida yozgan edi.