Tramp Janubiy Koreya bilan yangi savdo bitimini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-avgustdagi bojlar muddati arafasida Janubiy Koreya bilan yangi savdo kelishuvini ma’lum qildi. Bu haqda CNN agentligi xabar berdi.
Bitimga ko‘ra, Janubiy Koreya AQShga $350 mlrd sarmoya ajratadi, mahsulotlariga esa 15 foizlik boj joriy etiladi. Bu avvalgi 10 foizlik minimal bojdan yuqori.
Tramp aprel oyida ayrim davlatlarga qo‘yilgan 25 foizlik bojlarni vaqtincha to‘xtatgan edi. Endi esa Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Braziliya kabi mamlakatlar ham 15 foizlik bojga duch kelmoqda. Janubiy Koreya avtomobillariga nisbatan bojlar yumshatilgan, biroq po‘lat va mis mahsulotlariga amaldagi bojlar saqlanib qoladi.
O‘tgan yili Janubiy Koreya AQShga $132 mlrdlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, AQShdan $66 mlrdlik tovarlar olib kirgan. Savdo aloqalariga qaramay, bojlar Janubiy Koreya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmagani haqida yozgan edik.