Yangi iPhone 17 seriyasi qanday narxda bo‘ladi

31-iyul 2025 15:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi iPhone 17
Yangi iPhone 17 seriyasining narxi qanday bo‘ladi / Foto: Tom’s Guide

Yangi iPhone 17 seriyasi oldingisidan qimmatroq bo‘lishi mumkin. Tom’s Guide nashrining yozishicha, har bir model narxi taxminan $50 ga oshadi.

Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, iPhone 17 modellari quyidagi narxlarda sotilishi mumkin:

ModeliPhone 16 narxiiPhone 17 (taxminiy)
iPhone 16$799$849
iPhone 16 Plus$899iPhone 17 Air — $949
iPhone 16 Pro$999$1,049
iPhone 16 Pro Max$1,199$1,249
Narxlar faqat AQSh bozori uchun amal qiladi

Yangi iPhone 17 Air modeli, bu – yangilik. Bu nom birinchi marta tilga olinmoqda. U iPhone 16 Plus’dan biroz qimmatroq bo‘lishi mumkin. Biroq ayrim mish-mishlarga ko‘ra, uning narxi hatto Pro Max’dan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Apple yangi modellarning asosiy xotirasini o‘zgartirmasa, oddiy va Pro modellar 128 GB, Pro Max esa 256 GB xotira bilan sotuvga chiqadi.

Hozircha bu faqat tahlilchilarning taxmini bo‘lib, rasmiy ma’lumot avgust-sentabr oylarida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple bukiladigan iPhone’ni iOS 27 bilan taqdim etishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek