Avto

Yangi Volkswagen Lamando L va Lamando L GTS taqdim etildi

Rasmiy savdo avgust oyining oxirida Chengdu avtosalonida boshlanadi
Autohome
Yangi Volkswagen Lamando L va Lamando L GTS taqdim etildi / Foto: Autohome

Volkswagen va SAIC kompaniyalarining Xitoydagi qo‘shma korxonasi yangi Volkswagen Lamando L va Lamando L GTS modellarini namoyish qildi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Rasmiy savdo avgust oyining oxirida Chengdu avtosalonida boshlanadi. Dizayn va texnik xususiyatlar allaqachon ochiqlangan. Narxlar hali e’lon qilinmagan.

Foto: Autohome

Yangi Lamando L dizayni butunlay yangilangan. Oldi faralar «yoritilgan chiziq» bilan birlashtirilgan, logotip ham yoritiladi. Old bamper yanada sport uslubida, GTS versiyasida esa panjara qoraytirilgan. Kuzov cho‘zilgan, tomi past, eshiklar ramkasiz. GTS’da qora g‘ildiraklar mavjud. Mashina o‘lchamlari 4791 x1831 x 1469 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2731 mm.

Foto: Autohome

Orqa qismida ham yoritilgan logotip, yangi bamper va GTS versiyasida ikki chiqishli gaz trubasi mavjud.

Salon ham zamonaviy. 10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli va 12,9 dyuymli sensorli mediaekran mavjud.

Foto: Autohome

U Qualcomm Snapdragon 8155 protsessorida ishlaydi. Tizim ovozli yordamchi, sun’iy intellekt, CarPlay, CarLife va Huawei HiCar’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Lamando L 160 ot kuchiga ega 1.5T EVO II motor bilan jihozlangan. U 7 pog‘onali DQ200 robot uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Lamando L GTS esa Golf GTI’dagi 2.0T (EA888) dvigatelga ega. Quvvati 220 ot kuchi, uzatmalar qutisi esa DQ381. Oldi osma McPherson, orqasi mustaqil ko‘p tirkamali.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volkswagen Group’ga qarashli mashhur o‘nta avtomobil brendi haqida yozgan edi.