Yangilangan Chevrolet Tracker global savdoga chiqmoqda

31-iyul 2025 17:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker
Yangilangan Chevrolet Tracker global savdoga chiqmoqda: narxlar qanday / Foto: GMAutority

General Motors yangilangan Chevrolet Tracker 2026 modelining Argentinadagi taqdimotini rasman e’lon qildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda. Model yaqinda Braziliyada ham namoyish etilgan edi.

Yangi Tracker ko‘plab foydalanuvchi talablariga asoslangan holda yangilangan. Kompaniya uni o‘z segmentida yetakchi saqlab qolmoqchi.

«Yangi Tracker endi xavfsizlik, texnologiya va dizayn bo‘yicha yanada rivojlangan. Bu uni B-SUV sinfida yana-da kuchliroq raqobatchiga aylantiradi», degan GM Argentina tijorat direktori Andres Karfagna.

Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

Mashina to‘rtta komplektatsiyada taqdim etildi: LT, LTZ, Premier va RS. Barcha modellarda 11 dyuymli sensorli ekran, 8 dyuymli raqamli panel va ilg‘or xavfsizlik tizimlari mavjud.

Texnik jihatdan barcha versiyalar 1.2 litrli turbo dvigatelga ega bo‘lib, 132 ot kuchi va 140 lb-ft moment ishlab chiqaradi. Uzatmalar qutisi 6 pog‘onali avtomatik bo‘lib, yangi imkoniyatlar tufayli boshqaruv yanada qulaylashgan.

Uning narxlari:

ModelNarxi (peso)Taxminiy narx (USD)
Tracker LT31,7 mln peso$246 ming
Tracker LTZ37,3 mln peso$28,8 ming
Tracker Premier39,6 mln peso$30,6 ming
Tracker RS39, mln peso$31 ming
Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yangilangan Chevrolet Tracker avtomobilining narxlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Yangilanishdan so‘ng Tracker zamonaviy ikki qavatli faralar dizaynini oldi. Yuqorida – ingichka LED chiroqlar, pastda esa asosiy faralar joylashgan. Qimmat komplektatsiyalarda tuman chiroqlari ham bor. Shuningdek, old bamper va radiator panjarasi yangilangan. Orqa qismi deyarli o‘zgarmagan, biroq fonarlari qoramtir tusga ega bo‘ldi.

Shuningdek