Avto

Yevropada yangilangan Opel Astra va Astra Sports Tourer taqdim etildi

Narxi 38 ming yevrodan boshlanadi
Stellantis
Yevropada yangilangan Opel Astra va Astra Sports Tourer taqdim etildi / Foto: Stellantis

Stellantis kompaniyasi Opel Astra va Astra Sports Tourer avtomobillarining yangilangan versiyalarini namoyish etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi. Har ikkala model ham plagin-gibrid texnologiyasiga ega.

Yangi tizim avvalgisiga nisbatan 16 ot kuchiga kuchliroq. Endi umumiy quvvat 196 ot kuchini tashkil qiladi. Akkumulyator sig‘imi esa 12,4 kVt-soatdan 17,2 kVt-soatgacha oshdi. Endi avtomobil elektrda 83 km masofani bosib o‘ta oladi.

Foto: Stellantis

Dvigatel 1,6 litrli turbomotor bo‘lib, unga 7 pog‘onali, ikki muftali elektromexanik robot uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.

Astra Plug-in Hybrid 38 460 yevrodan, Astra Sports Tourer esa 39 960 yevrodan boshlanadi.

Foto: Stellantis

Astra L avlodi 2021-yilda taqdim etilgan. 2025-yilda Yevropada atigi 30 ming dona sotilgan. Solishtirish uchun Volkswagen Golf esa shu davrda 105 mingdan ortiq nusxalarda xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jeep ishlab chiqaruvchisi yarim yilda 2,3 mlrd yevro zarar ko‘rgani haqida yozgan edi.