«Aeroflot» Moskva – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tikladi

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Moskva – Samarqand yo‘nalishidagi reyslarni qayta tikladi, deb xabar berdi TASS.
Aviachiptalar narxi 4,2 million so‘mdan (26,8 ming rubl) boshlanadi.
Parvozlar haftasiga uch marta — payshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Reyslar Yevropada ishlab chiqarilgan Airbus A321 samolyotlarida bajariladi.
Aviakompaniya joriy yilning oktabr oyiga qadar Rossiya poytaxtidan Samarqandga har kuni parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq«Aeroflot» kiberhujumdan $3 mln zarar ko‘rgani haqida yozgandik.
Hujum oqibatida «Aeroflot» birgina 28-iyul kuni 54 ta (borish-qaytish) reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Bu reyslar Moskva, Minsk, Yerevan, Qozon, Ufa, Olmaota va boshqa yo‘nalishlarga mo‘ljallangan edi.