
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Natijalarni my.edu.uz saytida «Shaxsiy kabinet» orqali ko‘rish mumkin. O‘quvchilar to‘plagan baliga ko‘ra ustuvorlik asosida tanlagan litseyga qabul qilinadi.
Shuningdek, natijadan norozi abituriyentlar uch ish kuni ichida onlayn tarzda apellyatsiya berish huquqiga ega
Eslatib o‘tamiz, avvalroq pedagoglarning malaka testlariga ro‘yxatdan o‘tishi 1-avgustdan boshlanishi haqid xabar bergan edik.