Apple kompaniyasi xodimlari qancha maosh olishi ochiqlandi

eʼlon qilindi
Sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va dizayn yo‘nalishlarida
Apple qurilmalari uchun magnit
Foto: Pixartprinting

Apple kompaniyasining sun’iy intellekt (SI), dasturiy ta’minot ishlab chiqish va dizayn yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi xodimlariga to‘lanadigan maoshlar federal hujjatlar orqali oshkor etildi. Bu haqda Business Inider nashri xabar berdi.

Bu ma’lumotlar AQShdan tashqarida ishga qabul qilinganlar uchun taqdim etilgan bo‘lsa-da, ular kompaniyaning asosiy rollar bo‘yicha to‘lov siyosatini aks ettiradi.

Apple hozirda sun’iy intellekt bo‘yicha raqobatda orqada qolayotganini tan olmoqda. So‘nggi bir oy ichida kompaniyaning to‘rt nafar yetakchi SI olimi Meta kompaniyasiga o‘tgan. Ushbu iste’dodlar «urushi» fonida Apple o‘zining Apple Foundation Models (AFM) guruhi mutaxassislariga maoshlarni oshirgan.

Apple kompaniyasi o‘tgan yili o‘zining Apple Intelligence SI platformasini taqdim etgan edi. Joriy yilgi Dasturchilar anjumanida kompaniya dasturiy ta’minot bo‘yicha katta vitse-prezidenti Kreyg Federigi Siri ustida olib borilayotgan ishlar hali vaqt talab qilishini ma’lum qildi.

Apple’dagi eng yuqori maoshlar (asosiy maosh, aksiyalardan tashqari):

Yo‘nalishLavozimMaosh diapazoni ($/yil)
SI va Ma’lumotlarMachine Learning Engineer$143,1 ming – $312,2 ming
Machine Learning Researcher$114,1 ming – $312,2 ming
Machine Learning (umumiy)$126,88 ming – $329,6 ming
Data Scientist$105,55 ming – $322,4 ming
Data Engineer$105,602 – $234,7 ming
Dasturiy ta’minotSoftware Developer$132,267 – $264,2 ming
Software Development Engineer$132,267 – $378,7 ming
Software Dev. Engineer – Applications$132,267 – $378,7 ming
Software Dev. Engineer – Firmware$126,88 ming – $312,2 ming
Software Dev. Engineer – Test$94,64 ming – $329,6 ming
Software Dev. Engineering Manager$166,691 – $378,7 ming
Software Engineering Systems$126,88 ming – $329,6 ming
Software Engineering Applications$103,164 – $378,7 ming
Software Engineering Applications Manager$171,4 ming – $378,7 ming
AR/VR Software Development$129,805 – $312,2 ming
Human Interface Designer$135,4 ming – $468,5 ming
Muvofiqlashtiruv va boshqaruvEngineering Project/Program Manager$105,55 ming – $301,4 ming
Strategic Sourcing Manager$110,6 ming – $286,4 ming
Supply Demand Planning$100,2 ming – $209,9 ming
Professional Services Consultant$100,2 ming – $258,7 ming
Apparat injiniringiCPU Implementation Engineering$103,164 – $264,2 ming
Electronics Engineer$108,16 ming – $264,2 ming
Design for Test Engineer$131,352 – $293,8 ming
Physical Design Engineer$101,982 – $341,2 ming
System Product Design Engineer$103,164 – $312,2 ming
Hardware Systems Engineering$125,495 – $378,7 ming
Hardware Development$124,942 – $293,8 ming
Silicon Validation Engineering$103,164 – $329,6 ming
RF/Analog/Mixed Signal Engineering$131,352 – $312,2 ming
Reliability Engineering$128,3 ming – $264,2 ming
Module Design Engineer$108,796 – $329,6 ming
Tools and Automation Engineer$105,602 – $293,8 ming
Wireless Systems Engineering$128,3 ming – $312,2 ming
Wireless Systems Validation Engineer$126,672 – $312,2 ming

Apple odatda xodimlariga aksiyalar, imtiyozli chegirmalar va boshqa qo‘shimcha bonuslar ham taklif etadi, biroq bu ro‘yxat faqat asosiy maoshga taalluqli.

Hozirda Apple kompaniyasi yuzlab yangi sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish lavozimlari uchun mutaxassis izlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi iPhone 17 seriyasi qanday narxda bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek