Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
eʼlon qilindi
Baxtiyor Saidov diplomatning ishonch yorliqlarini qabul qildi

Yesper Var Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimini egalladi. Bugun, 1-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov diplomatning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, jumladan, turli sohalarda aloqalarni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Bundan avval O‘zbekistonning Shri-Lankadagi ilk elchisi tayinlangani haqida yozgandik.