Yangiliklar

Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Saidov diplomatning ishonch yorliqlarini qabul qildi
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi. Foto: O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri rasmiy sahifasi

Yesper Var Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimini egalladi. Bugun, 1-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov diplomatning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Foto: O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri rasmiy sahifasi

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, jumladan, turli sohalarda aloqalarni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Bundan avval O‘zbekistonning Shri-Lankadagi ilk elchisi tayinlangani haqida yozgandik.