Depressiyani oldindan aniqlovchi miya implanti ishlab chiqildi

1-avgust 2025 08:11 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Depressiyani oldindan aniqlovchi miya implanti ishlab chiqildi / Foto: Georgia Institute of Technology

Amerikalik olimlar sun’iy intellekt asosidagi yangi neyroimplant yordamida og‘ir depressiya holatini besh hafta oldin aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu tizim miya faolligini kuzatadi va depressiya yaqinlashayotganini ogohlantiradi.

67 yoshli bemorga o‘rnatilgan implantdan olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, miya simptomlar paydo bo‘lishidan besh hafta oldin signal bergan. Endilikda mutaxassislar real vaqt rejimida terapiyani sozlay oladigan aqlli stimulyatorlar ustida ishlamoqda.

Yangi tizimlar uyqu buzilishi kabi erta belgilarga asoslanib, davoni faqat kerak bo‘lgan vaqtda faollashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saratonning barcha turlariga qarshi «universal» vaksina ishlab chiqilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek