Donald Tramp o‘nlab davlatlar mahsulotlariga keskin bojlar joriy qildi

eʼlon qilindi
Ba’zilari 7-avgustdan kuchga kiradi
Donald Tramp
Donald Tramp Kanada, Hindiston va boshqa o‘nlab davlatlar mahsulotlariga keskin bojlar joriy qildi / Foto: NPR

Donald Tramp Kanadaga 1- avgustdan boshlab 35 foizlik boj joriy qildi. Braziliya, Hindiston va yana ko‘plab davlatlar eksportiga keskin boj stavkalari o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.

Tramp farmoniga ko‘ra:

DavlatBoj stavkasi (%)Kuchga kirish sanasi
Kanada35%2025-yil 1-avgust
Braziliya50%2025-yil 7-avgust
Hindiston25%2025-yil 7-avgust
Tayvan20%2025-yil 7-avgust
Shveysariya39%2025-yil 7-avgust

Tariflar 90 ta davlatga 7 kundan keyin kuchga kiradi. Ayrim mamlakatlar AQSh bilan tariflarni kamaytirishga doir kelishuvlarga erishgan. Boshqa davlatlariga bu imkoniyat berilmagan. Ayrim tovarlar uchun istisno sifatida bir hafta ichida yetkazilgan mahsulotlarga vaqtincha boj qo‘llanmaydi.

«Ba’zi savdo sheriklarimiz bilan muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ularning takliflari savdo muvozanatsizligini bartaraf etish uchun yetarli emas», – deyiladi farmonda.

Kanadaga nisbatan fentanil bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra, boj stavkasi 25% dan 35% ga ko‘tarilgan. Meksikaga berilgan imtiyozli 30% tariflar 90 kunga kechiktirilgan.

Tramp keyingi haftada Hindistonga 25% boj solishini e’lon qilar ekan, bu mamlakatning Rossiyadan neft xarid qilishini ham tanqid ostiga olgan. Muzokaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, Hindiston qishloq xo‘jaligi sektorini himoya qilishini bildirgan.

Tramp 50% tarifni Braziliyaga qarshi qo‘llaydi. Bu esa u yerda sobiq prezident Jair Bolsonaro ustidan olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Tramp hukumati tomonidan joriy qilingan import mahsulotlari uchun qo‘shimcha bojlar Qozog‘iston uchun 25 foizni tashkil qiladi. Oq uyning qarorida Afg‘oniston mahsulotlari uchun 15 foizlik stavka o‘rnatilishi belgilangan.

Ushbu qarorlarni oqlash uchun Tramp 1977-yildagi xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonunga tayangan. U bojlarni favqulodda choralar sifatida kiritgan. Biroq sudlar bu qarorlarning qonuniyligi borasida shubha bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp Janubiy Koreya bilan yangi savdo bitimini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek