Yangiliklar

Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi uchish zali ochildi

Endi bir vaqtning o‘zida uchta xalqaro reysni qabul qilish imkoni mavjud
Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi uchish zali ochildi. Foto: Uzbekistan Airports

Farg‘ona xalqaro aeroportida zamonaviy talablar asosida qurilgan yangi jo‘nab ketish zali ishga tushirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Unga ko‘ra, umumiy maydoni 1550 kv.m bo‘lgan yangi zal 550–600 kishiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, bu bir vaqtning o‘zida uchta xalqaro reysni qabul qilishga imkon yaratadi.

Foto: Uzbekistan Airports

Yangi uchish zalining birinchi qavatida hojatxonalar, ikkinchi qavatida esa ovqatlanish va kutish joylari joylashgan. Kelgusida bu yerda Duty Free do‘koni ham faoliyat boshlashi rejalashtirilgan.

Shuningdek, yo‘lovchilar, sayyohlar va mehmonlar uchun qo‘shimcha xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan avval Toshkent aeroportida «Qo‘noq» kapsula mehmonxonasi ishga tushgani haqida yozgandik.