Ish haqi va stipendiyalar 10 foizga oshirildi
eʼlon qilindi
Prezidentning 2025-yil 2-iyundagi PF–91-sonli farmoniga asosan

2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich | Ilgari (so‘m) | Endilikda (so‘m) |
---|---|---|
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (oyiga) | 1 155 000 | 1 271 000 |
Bazaviy hisoblash miqdori | 375 000 | 412 000 |
Bu o‘zgarishlar ijtimoiy himoyani kuchaytirish va budjet sohasidagi xodimlarning moddiy rag‘batini oshirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshishi haqida yozgan edik.