«Istanbul Bashakshehir» yirik hisobda g‘alaba qozondi. Shomurodov o‘yinga ikkinchi bo‘limda qo‘shildi

1-avgust 2025 10:31 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: Startphoto.bg

Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi Konferensiyalar ligasi saralashining navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi. Klub o‘z uyida Bolgariyaning «Cherno more» jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Hisob 17-daqiqada Ivan Brnichning goli bilan ochildi. 31 va 36-daqiqalarda esa Migel Kreshlu hamda Nunu da Koshta o‘z gollari bilan hisobni yiriklashtirdi. 80-daqiqada Kristofe Olery burchak to‘pini bosh bilan darvozaga yo‘llab, yakuniy natijani belgiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi.

Shuningdek, jamoaning yangi futbolchisi o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev bu safar uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Cherno More» — «Bashakshehir» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahsda 0:1 hisobida mehmonlar g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek