
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yoon Suk Yol hibsxona kamerasida yerga yotib olib, prokurorlar tomonidan so‘roq qilinishga rozi bo‘lmadi. Bu haqda maxsus prokuratura vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi.
Unga ko‘ra, Yoon davlatga qarshi isyon, harbiy holat e’lon qilishga urinish va ta’sir vositachiligi kabi bir nechta jiddiy ayblovlar asosida sud jarayonida ishtirok etmoqda. Prokurorlarning aytishicha, u hibsxona libosisiz, faqat ichki kiyimda bo‘lgan va o‘zini noxush his qilayotgani sababli so‘roqqa chiqmagan.
Yoonning advokatlari bu harakatni siyosiy bosim va inson huquqlari buzilishi deb baholadi. Sobiq prezident esa barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Shuningdek, uning rafiqasi Kim Keon Xi ham avgust oyida tergovga chaqirilgan. U ham barcha ayblovlarni inkor qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada 2025-yilgi aholini ro‘yxatga olish jarayoni o‘zbek tilida ham o‘tkazilishi haqida yozgan edik.