Narxi $25 mingdan boshlanadigan Onvo L90 elektromobili sotuvga chiqdi

1-avgust 2025 10:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Onvo L90 elektromobili
Onvo L90 elektromobili Xitoyda $25 mingdan boshlab sotuvga chiqdi / Foto: CarNewsChina

Nio kompaniyasiga qarashli Onvo brendi tomonidan yangi Onvo L90 elektromobili rasmiy taqdim etildi. Model BaaS rejasi (akkumulyator siz xarid qilish) bilan $25 mingdan boshlanadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Avtomobil 900V arxitekturaga ega va Nio ET9’dagi dvigatel bilan jihozlangan. Model CLTC bo‘yicha 605 km masofani bosib o‘tadi. L90’ning 6 va 7 o‘rindiqli Pro, Max va Ultra versiyalari mavjud. Mashina uzunligi 5145 mm, g‘ildirak bazasi 3110 mm, koeffitsiyenti esa 0.25 Cd.

Foto: CarNewsChina

Old qismda 240 litrli yukxona mavjud bo‘lib, u 2 ta 20 dyuymli chamadon va bir bolalar sumkasini sig‘dira oladi. Orqa qismdagi yukxona esa 430 litr bo‘lib, shundan 106 litri yashirin bo‘limga to‘g‘ri keladi.

Salonda 12 yo‘nalishli elektr sozlanadigan old o‘rindiqlar va nol-gravitatsiya rejimidagi 10 yo‘nalishli orqa kreslolar bor. Muzlatkich, ikkita ekran, 23 ta dinamikli audio tizim mavjud.

Foto: CarNewsChina

Narxlar quyidagicha:

ModelBaaS narxiTo‘liq narx
6-o‘rinli Pro$25 ming$37,2 ming
6-o‘rinli Max$26,9 ming$38,9 ming
6-o‘rinli Ultra$29,7 ming$41,7 ming
7-o‘rinli Pro$25,8 ming$37,8 ming
7-o‘rinli Max$27,8 ming$39,7 ming
7-o‘rinli Ultra$29,7 ming$41,7 ming

85 kVt·soatli batareya 25 daqiqada 10–80% gacha quvvat oladi. Salonning asosiy ekrani 17,2 dyuym, proektsiya HUD esa 35 dyuymli. L90 Snapdragon 8295P chipi va 60 TOPS AI quvvat bilan ishlaydi.

Avvalroq Onvo L90 elektromobili uchun oldindan buyurtmalar boshlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek