
O‘zbekiston «Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitim»ga qo‘shildi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur bitim ilk bor 2013-yil 25-oktabr kuni Minsk shahrida imzolangan. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi va zarur xabarnomani depozitariyga yuboradi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga bitim kuchga kirgach, uning barcha qoidalariga rioya etilishini ta’minlash topshirildi.
Avvalroq «Kursiv» nashri mart oyida O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga rasman qo‘shilgani haqida yozgandi.