
2025-yilning iyul oyi uchun hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlash xarajatlari shakllantirildi. Bunga doir ma’lumotlarni Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etdi.
Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha eng arzon osh xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, eng qimmati esa Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan.
Umumiy hududlar kesimida hisoblangan qiymatlar quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 98 728 so‘m;
- Andijon viloyati – 105 602 so‘m;
- Buxoro viloyati – 108 499 so‘m;
- Jizzax viloyati – 110 184 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 111 700 so‘m;
- Navoiy viloyati – 110 044 so‘m;
- Namangan viloyati – 109 119 so‘m;
- Samarqand viloyati – 113 470 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 111 276 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 105 751 so‘m;
- Toshkent viloyati – 113 678 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 115 034 so‘m;
- Xorazm viloyati – 106 585 so‘m;
- Toshkent shahri – 117 694 so‘m.
Ma’lum qilinishicha, ushbu narxlar faqatgina mahsulotlar qiymatini emas, balki palov tayyorlash va unga doir boshqa xizmatlar xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, mazkur narxlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi.
Bir kilogramm palov tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar talab etiladi:
- Kungaboqar yog‘i – 0,3 litr;
- Piyoz – 300 gramm;
- Mol go‘shti – 700 gramm;
- Sabzi – 1 kilogramm;
- Guruch – 1 kilogramm;
- No‘xat – 100 gramm;
- Zira – 10 gramm;
- Osh tuzi – 20 gramm.
Bundan avval Buxoroda «palov sayli» tashkil etilgani haqida xabar bergandik.