Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda yodlangan tuzdan foydalanish belgilandi

eʼlon qilindi
Sotuvchilar uchun penya miqdori 0,5% etib belgilandi
tuz
Foto: itor115.gmail.com / depositphotos.com

Endi barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanish majburiy bo‘ladi. Bu haqda qabul qilingan yangi qonun haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, qonunda savdo shartnomalarining aniq bajarilishini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash ham keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, agar sotuvchi tovarni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda topshirmasa, kechiktirilgan har bir kun yoki vaqt birligi uchun tovar qiymatining 0,5 foizi miqdorida penya to‘lashi majburiy bo‘ladi. Biroq bu penya miqdori tovar bahosidan oshmasligi kerak.

Shu bilan birga, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazolar kuchaytirilgan.

Qonun bilan barcha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanish majburiy etib belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev har qanday ob-havo sharoitiga mos ekinlar ekish zarurligini aytgani haqida yozgandi.

Shuningdek