Portugaliya ham Falastin davlatini tan olishi mumkin

eʼlon qilindi
Rasmiy qaror sentabrda e’lon qilinadi
Portugaliya ham Falastin davlatini tan olishi mumkin / Foto: Ejiltalks

Portugaliya bosh vaziri Luis Montenegro mamlakat Falastin davlatini rasman tan olishdan oldin prezident va parlamentdagi siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya allaqachon Falastin davlatini tan olgan bo‘lsa-da, Portugaliya Yevropa Ittifoqidagi boshqa davlatlar bilan umumiy pozitsiyani ishlab chiqishni afzal ko‘rmoqda.

Fransiya ham yaqinda Falastin davlatini tan olish rejalarini e’lon qildi. Buyuk Britaniya va Kanada esa bu imkoniyatni ko‘rib chiqmoqda.

Bugungi kunda BMTga a’zo 193 davlatning 144 tasi Falastinni davlat sifatida tan olgan. Yevropa Ittifoqida esa bu son ancha kam. Sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida Portugaliya o‘z qarorini e’lon qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kanada Falastinni tan olsa, AQSh bilan savdo bitimi bo‘lmasligi haqida bayonot bergan edi.

Shuningdek