Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi
eʼlon qilindi
Shoxrux Aminov

Shoxrux Aminov Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kengesning matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tayinlovga qadar Aminov Sirdaryo va Navoiy viloyati prokurori, shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mart oyida Dilmurod Qosimov Bosh prokuror oʻrinbosari sifatida tayinlangani haqida yozgandi.