Samsung Galaxy S25 FE avgustda taqdim etilishi mumkin

1-avgust 2025 09:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S24 FE
Samsung Galaxy S25 FE avgustda taqdim etilishi mumkin / Foto: Deablabs

Samsung Galaxy S25 FE smartfoni foydalanuvchilar kutganidan erta chiqadi. Bu haqda kompaniya ikkinchi chorak moliyaviy hisobotida ma’lum qildi.

Galaxy S24 FE 2024-yil sentabrda taqdim etilgan edi. Yangi model esa avgustda yoki sentabr boshida chiqishi mumkin.

«Galaxy S25 seriyasi uchun biz sotuvlar sur’atini mavsumiy aksiyalar va S25 FE modelining erta taqdimoti orqali qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Samsung kompaniyasining Mobile Experience bo‘limi vitse-prezidenti Deniel Araujo.

Samsung 2025-yilning ikkinchi yarmida bir nechta yangi qurilmalarni taqdim etishni rejalashtirgan. Ular orasida uch marta buklanadigan ilk smartfon ham bo‘ladi.

Galaxy S25 FE ekranining o‘lchami 6,7 dyuym bo‘lib, Super AMOLED texnologiyasida yaratilgan. Yoritilishi 2600 nitga yetadi. Qurilma Android 16 va One UI 8 bilan ishlaydi.

Old kamera 12 MP, asosiy kamerasi esa 50 MP, 8 MP va 12 MP sensorlarga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung‘ning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek