Yangiliklar

Sea Breeze bo‘yicha hukumat qarori, TTJga arizalar qabuli, Andijonga aviaqatnovlar — 1-avgustning muhim yangiliklari

Dollar 12 725 so‘mga oshdi
Вид на Ташкент
Foto: yemelyanov/Depositphotos

10 foizga oshgan ish haqi va stipendiyalar, Navoiyda ekologik qonunlarni buzgan 22 ta korxona, Andijonga aviareyslar, 0,2 foizga yetgan deflyatsiya, Sea Breeze bo‘yicha hukumat qarori — Kursiv Uzbekistan 1-avgustda yuz bergan muhim voqealarni bitta materialga jamladi.

Ish haqi va stipendiyalar 10 foizga oshirildi

1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ko‘rsatkichIlgari (so‘m)Endilikda (so‘m)
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (oyiga)1 155 0001 271 000
Bazaviy hisoblash miqdori375 000412 000

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi
Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi / Foto: Ta’lim

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Natijalarni my.edu.uz saytida «Shaxsiy kabinet» orqali ko‘rish mumkin. O‘quvchilar to‘plagan baliga ko‘ra ustuvorlik asosida tanlagan litseyga qabul qilinadi.

Navoiyda ekologik qonunlarni buzgan 22 ta korxona faoliyati to‘xtatildi

Navoiyda ekologik qonunlarni buzgan 20 dan ortiq korxona faoliyati to‘xtatildi
Navoiyda ekologik qonunlarni buzgan 20 dan ortiq korxona faoliyati to‘xtatildi / Foto: Navoiy

Ekologiya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan Navoiy shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ekologik qonunchilik talablariga rioya etmagan 22 ta korxonaning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur korxonalar orasida kimyo, qurilish, metall eritish va chiqindi yoqish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar bor.

UzAirways Andijonga haftasiga ikki marta parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Foto: Yandex

9-avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Parvozlar har chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar Toshkentdan soat 15:30 da uchib, Andijonga 16:20 da yetib borishadi.

Talabalar turar joylariga arizalar qabuli boshlandi

TTJ, yotoqxona
Foto: Yandex

Bugun, 1-avgustdan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo‘ljallangan turar joylarga joylashish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Arizalarni yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

Iyul oyida O‘zbekistonda deflyatsiya 0,2 foizni tashkil qildi

inflyatsiya
Foto: eamesBot / depositphotos.com

Iyul oyida uchun O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,9 foizni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga 10,5 foizga pasaygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining iste’mol narxlari indeksi (INI) bo‘yicha hisoboti e’lon qilindi.

Chorvoq va Chirchiq daryosiga suv tushirilmaydi — Sea Breeze bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

Sea Breeze
Sea Breeze bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Chorvoq suv ombori hududida Ozarbayjonning Sea Breeze kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan kurort qurilishi boʻyicha hukumat tomonidan qatʼiy talablardan iborat hujjat tayyorlandi. Bu haqda Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.

Senator Toshkentdagi elektr uzilishlari bo‘yicha energetika vaziriga so‘rov yubordi

Отключение электроэнергии
Foto: Anton Dmitriev / Unsplash

Toshkent shahridagi elektr taʼminotidagi muammolar bo‘yicha energetika vaziriga senator so‘rovi yuborildi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida elektr energiyasi 3–4 soatga uzilmoqda. Bu holat aholining kundalik turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik faoliyatida ham muammolar yuzaga kelmoqda.

1-avgust kuni dollar qanchaga oshdi

dollar
Foto: Depositphotos

Bugun, 1-avgust kuni dollar kursi 32,74 so‘mga oshib, 12 725,16 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 3,29 so‘mga pasayib, 14 507,95 so‘mni, rubl esa 0,21 so‘mga oshib, 158,65 so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekiston yana bir xalqaro bitimga qo‘shildi

korrupsiya
Foto: kritchanut / www.depositphotos.com

O‘zbekiston «Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitim»ga qo‘shildi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur bitim ilk bor 2013-yil 25-oktabr kuni Minsk shahrida imzolangan. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi va zarur xabarnomani depozitariyga yuboradi.

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

Foto: Tashkent-airport.uz

Shavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi yirik infratuzilma loyihalari haqida axborot berildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

2030-yilga borib Toshkentga keluvchi aviayo‘lovchilar soni 15 mlnga yetishi kutilmoqda. Ammo hozirgi aeroport bu oqimni qabul qila olmaydi va shahar ichida joylashgani bois kengaytirish ham imkonsiz. Shu sababli Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilgan. Xorijiy kompaniyalar bilan xususiy sheriklik asosida muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 30-iyulda yuz bergan muhim voqealarni bitta materialga jamlagandi.