Tramp Oq uyda $200 millionlik bal zali qurdiradi

eʼlon qilindi
Qurilish ishlari sentabrdan boshlanadi
Tramp Oq uyda $200 millionlik bal zali qurdiradi / Foto: McCrery Architects PLLC/ Oq uy

AQSh prezidenti Donald Tramp 15 yillik orzusi bo‘lgan Oq uy hududida $200 mlnlik hashamatli bal zali qurdirishni boshlaydi. Qurilish ishlari sentabr oyida start oladi, deya xabar bermoqda CNN.

Foto: McCrery Architects PLLC/ Oq uy

90 ming kvadrat fut (taxminan 8 400 m²) maydondagi yangi «Davlat bal zali» oltin va kristall lyustralar, marmar pol va klassik ustunlar bilan bezatiladi. U Mar-a-Lagodagi Tramp mulkidagi tantanali zallarga o‘xshash bo‘ladi. Yangi zal 650 kishini sig‘dira oladi. Bu hozirgi eng katta xona, Sharqiy zalga nisbatan uch baravar katta.

Foto: McCrery Architects PLLC/ Oq uy

Bal zali hozirgi Sharqiy qanot o‘rnida quriladi. Bu hududda birinchi xonimlar ofisi joylashgan bo‘lib, xodimlar vaqtincha boshqa joyga ko‘chiriladi.

Foto: McCrery Architects PLLC/ Oq uy

Tramp bu inshootni shaxsiy mablag‘i va xususiy tashkilotlar hisobidan moliyalashtiradi. Unga ko‘ra, bu yangi bal zali kelajak prezidentlar va amerikaliklar uchun katta meros bo‘ladi.

Foto: McCrery Architects PLLC/ Oq uy

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘nlab davlatlar mahsulotlariga keskin bojlar joriy qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek