UzAirways Andijonga haftasiga ikki marta parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
9-avgustdan
Foto: Yandex

9-avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Parvozlar har chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar Toshkentdan soat 15:30 da uchib, Andijonga 16:20 da yetib borishadi.

Yo‘lovchilar uchun aviachiptalar narxi bir tomonga 248 ming so‘mdan, ikki tomonga esa 466 ming so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Uzbekistan Airways Iroqqa parvozlarni tiklagani haqida yozgandi.

Shuningdek, kompaniya yanvar – iyun oylarida sof foydasini o‘tgan yilga nisbatan 45 foizga oshib, qariyb 390 milliard so‘mga yaqinlashtirdi.

Shu bilan birga, Uzbekistan Airports parvoz qilish yoki tanishlarni aeroportda kutib olishni rejalashtirayotganlar uchun reyslar holati haqida ishonchli va tezkor ma’lumotni olish usullari haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek