
2025-yil yanvar-iyun oylarida kredit tashkilotlari tomonidan umumiy qiymati 4 trillion so‘mlik faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 93% ulush tijorat banklariga, qolgan 7% mikromoliya tashkilotlariga to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yil dekabriga nisbatan 1,7 barobar oshgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Raqamli faktoring xizmatlari ulushi 58 foizni tashkil qilgan. Bunda «Finmakon» va «Ozplanet» platformalari eng katta rol o‘ynagan.

Tashkilotlar va hududlar kesimida
Davlat banklari faktoring bozorining 58 foizini egallagan (2,2 trln so‘m).

- Xususiy banklar hissasi esa 42 foizni tashkil etgan (1,5 trln so‘m).
- Eng yirik uchta bank: «Asaka bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «O‘zmilliybank».

Hududlar bo‘yicha:
- Toshkent shahri – 1,5 trln so‘m (37,5%),
- Andijon viloyati – 1,2 trln so‘m (28,9%),
- Eng past ko‘rsatkichlar: Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax.

Mijozlar va xizmat turlari
Ko‘p hollarda faktoring xizmatlari quyidagilarga to‘g‘ri keladi:
- Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) — 61% ulush,
- Aksiyadorlik jamiyatlari — 28,7%,
- Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar — 8,7%,
- Xususiy va oilaviy korxonalar — 1,6%.
Muddatlar bo‘yicha:
- 30 kungacha – 32%;
- 61–90 kun – 32%;
- 121–180 kun – 7%.

Miqdorlari bo‘yicha:
- 5 mlrd so‘mdan yuqori — 44%;
- 1–5 mlrd so‘m — 38%.
Iqtisodiyot tarmoqlari
Faktoring xizmatlarining asosiy qismi:
- Sanoat – 2,2 trln so‘m (54%);
- Savdo va xizmatlar – 1,5 trln so‘m (38%);
- Qishloq xo‘jaligi – 170 mlrd so‘m (4%);
- Qurilish – 168 mlrd so‘m (4%).
Shuningdek, qurilish va qishloq xoʻjaligi sektorlarida har biri mos ravishda 168 mlrd soʻmlik (4 foiz) va 170 mlrd soʻmlik (4 foiz) debitorlik qarzdorliklari moliyalashtirildi
Xalqaro faktoring
2025-yil birinchi yarmida eksportyorlar uchun 52 mlrd so‘m ekvivalentida xalqaro faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan. Bular 4 mln AQSh dollarida, 9,9 mln Rossiya rublida bo‘lgan.
«Asia-Invest bank» va 13 ta bank o‘rtasida tuzilgan agentlik shartnomalari asosida 491,6 mlrd so‘mlik xalqaro faktoring amaliyoti amalga oshirilgan.
Jumladan, ushbu agentlik shartnomasi doirasida amalga oshirilgan xalqaro faktoring xizmati 38,2 mln AQSH dollari, 33,5 mln Rossiya rubli va 0,7 mln Xitoy yuanida koʻrsatilgan
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi faktoring tashkilotini ochmoqchi bo‘lganlar Markaziy bankdan ruxsat olishi haqida yozgandi.