O‘zbekistonliklar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar qaysilar — ro‘yxat
eʼlon qilindi
40 ga yaqin davlatga

1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 40 ga yaqin davlatga vizasiz, yana 42 ta mamlakatga esa vizani soddalashtirilgan tartibda — ya’ni kelganda viza olish (visa on arrival) yoki elektron viza (e-visa) orqali kirish imkoniga ega. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra,2023–2025 yillarda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, O‘mon, Eron kabi davlatlar bilan vizasiz rejim joriy etildi. Saudiya Arabistoni, Qatar, Vetnam kabi mamlakatlar esa viza olish tartibini yengillashtirdi.
Quyida mamlakatlar vizaga oid tartibiga qarab taqsimlangan:
Vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar
1-qator | 2-qator | 3-qator |
---|---|---|
Antigua va Barbuda | Belarus | Iordaniya |
Armaniston | BAA | Malayziya |
Barbados | Dominika | Mikroneziya |
Eron | Falastin | Mo‘g‘uliston |
Filippin | Gaiti | Moldova |
Gambiya | Gruziya | Namibiya |
Grenada | Keniya | Ozarbayjon |
Kot-d’Ivuar | Qirg‘iz Respublikasi | Qozog‘iston |
Rossiya | Sent-Vinsent va Grenadin | Seyshel orollari |
Shri-Lanka | Surinam | Tailand |
Tojikiston | Turkiya | Ukraina |
Xitoy Xalq Respublikasi | O‘mon |
Kirganda viza olinadigan davlatlar (Visa on arrival)
1-qator | 2-qator | 3-qator |
---|---|---|
Boliviya | Burundi | Gvineya-Bisau |
Indoneziya | Kambodja | Komor orollari |
Laos | Livan | Makao |
Maldiv orollari | Mavrikiy | Mavritaniya |
Mozambik | Nepal | Nikaragua |
Palau | Qatar | Ruanda |
Samoa | Saudiya Arabistoni | Syerra-Leone |
Togo | Tuvalu | Yamayka |
Sharqiy Timor |
Elektron viza (e-visa) orqali kiriladigan davlatlar
1-qator | 2-qator | 3-qator |
---|---|---|
Efiopiya | Ekvatorial Gvineya | Gabon |
Gvineya | Hindiston | Janubiy Sudan |
Jibuti | Kongo Demokratik Respublikasi | Lesoto |
Malavi | Nigeriya | Uganda |
Vetnam |
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib joriy etilishi haqida yozgandi.