Shavkat Mirziyoyev XXR Raisiga hamdardlik bildirdi

eʼlon qilindi
Pekin shahri va Xebey viloyatida yuz bergan kuchli suv toshqinlarida halok bo‘lganlar sharafiga
Foto: Bm.ge

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey viloyatida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari ushbu og‘ir fojia sababli halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, jarohat olganlarga tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.

Prezident Mirziyoyev o‘z maktubida O‘zbekiston xalqi nomidan xitoyliklarga qo‘llab-quvvatlash va birdamlik bayonotini bildirgan. Shu bilan birga, suv toshqinlari oqibatida yetgan katta moddiy va insoniy talafotlar yuzasidan chuqur qayg‘u bildirib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Pekin va Xebeyda yuzaga kelgan tabiiy ofat natijasida ko‘plab uy-joylar, infratuzilma va ijtimoiy obyektlar zarar ko‘rgan, shuningdek, ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaning Kamchatka yarimoroli yaqinida sodir bo‘lgan 8,7 magnitudali zilzila ortidan sunami yuzaga kelgani haqida yozgandi.

Shuningdek