Temir yo‘l xavfsizligi bo‘yicha yangi texnik reglament tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglament tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Yangi reglament umumiy va maxsus foydalanishdagi temir yo‘l infratuzilmasiga nisbatan qo‘llaniladi va xavfsizlik talablarini aniq belgilab beradi.
Endilikda temir yo‘l mahsulotlari ishlab chiqarilgan yilidan qat’iy nazar, identifikatsiya qilishni ta’minlovchi tamg‘alarga ega bo‘lishi shart. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- muvofiqlik belgisi;
- maxsus raqam;
- ishlab chiqaruvchining yorlig‘i;
- ishlab chiqarilgan sana;
- nazorat qurilmalari va rezervuarlar tekshiruvdan o‘tganiga oid ma’lumotlar.
Temir yo‘l mahsulotlarining muvofiqligini tasdiqlash ikki shaklda amalgaVazirlar Mahkamasi qarori bilan «Temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglament tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. oshiriladi:
- Majburiy sertifikatlash;
- Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish.
Sertifikatning amal qilish muddati esa mahsulot turiga qarab belgilanadi:
- alohida partiyalar uchun – yaroqlilik yoki kafolat muddati doirasida,
- seriyali ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun – 3 yildan oshmasligi kerak.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston 4,75 million dollarlik temiryo‘l sisternalarini eksport qilishi haqida yozgandi.