Toshkent – Chorvoq yo‘nalishida yangi avtomobil yo‘li quriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mavjud yo‘lga tegmagan holda
Foto: Khujanazarova Yulduz / Vikimedia

Toshkentdan Chorvoqqacha bo‘lgan masofada zamonaviy avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha «Chorvoq – Chimyon» rekreatsion hududiga qatnovni yengillashtirish, shuningdek, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari o‘rtasidagi transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi.

«Mavjud yo‘lga tegmagan holda yangi Toshkent – Chorvoq avtomobil yo‘li qurilishini ham boshlab yuboramiz», dedi Mahkamov.

Ayni paytda yo‘l qurilishi konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Tanlov asosida yetakchi qurilish kompaniyalari jalb etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yildan boshlab ikkita yo‘nalishda pullik yo‘llar qurilishi boshlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek