Yangiliklar

Toshkentda Go‘sht va jonli qoramol importyorlari uyushmasi tashkil etiladi

Go‘sht mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish maqsadida
Go'sht narxi
Foto: ArturVerkhovetskiy / depositphotos.com

Tadbirkorlar tomonidan Go‘sht va jonli qoramol importyorlari uyushmasini tuzish taklifi berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Bu tashabbus go‘sht mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish va Toshkentda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida amalga oshiriladi

Uchrashuvda 70 dan ortiq tadbirkorlar, go‘sht importchilari, fermer xo‘jaliklari egalari hamda chorvachilik sohasi vakillari ishtirok etdi. Asosiy mavzu — aholiga sifatli va arzon go‘sht yetkazib berishni ta’minlash, narxlar o‘sishini jilovlash va xaridorlar uchun qulay infratuzilmani yaratish bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirkorlar ochiq muloqot shaklida duch kelayotgan muammolarni bayon etdilar: logistika bilan bog‘liq murakkabliklar, bojxona jarayonlaridagi qiyinchiliklar, soliq yuklamalari, veterinariya nazoratiga oid talablar va boshqalar. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari hokimiyat va tegishli idoralar tomonidan nazoratga olindi.

Hokimiyat oziq-ovqat xavfsizligi va mahsulotlarning aholiga qulay narxlarda taqdim etilishini ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etdi. Toshkent aholisi go‘sht narxlari nazoratdan chiqib ketmasligiga va mahsulot doimo mavjud bo‘lishiga ishonchi bo‘lishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qanday qoramollarni boqish foydali ekanligi haqida yozgandi.