Turkish Airlines «aqlli chamadonlar»ni bortga olib chiqishni taqiqladi

eʼlon qilindi
Litiy batareyasi olinmaydigan aqlli chamadonlarni
Foto: Uzbekistan Airports

Turkish Airlines aviakompaniyasi bortga olib kiriladigan yuklar bo‘yicha yangi xavfsizlik choralarini e’lon qildi. Bu haqda Kursiv Media nashri xabar qildi.

Endilikda yo‘lovchilarga litiy batareyasi olinmaydigan aqlli chamadonlarni samolyotga olib chiqish taqiqlanadi. Cheklovlar ham qo‘l yuki, ham ro‘yxatdan o‘tgan bagaj uchun amal qiladi.

Yangi tartib, yaqinda Qozog‘iston ustida yuz bergan hodisadan so‘ng joriy etildi. Unda quvvatlovchi qurilma — powerbank o‘rindiqlar orasiga tushib ketib, samolyot Istanbulga qaytishga majbur bo‘lgan. Turkiya Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi bunga javoban barcha aviakompaniyalarga litiy batareyali qurilmalar bo‘yicha ehtiyot choralarini kuchaytirishni tavsiya qilgan.

Turkish Airlines rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, aqlli chamadonlar deganda gajet zaryadlash imkoniyati, GPS, Wi-Fi, Bluetooth, raqamli qulf va og‘irlik o‘lchagich funksiyalariga ega bagajlar tushuniladi. Agar chamadon ichidagi batareya olinmasa, u samolyotga ruxsat etilmaydi. Batareyasi olinadigan chamadonlar esa faqat shartli ravishda — batareya ajratilgan holda qo‘l yukida olib o‘tiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkish Airlines samolyot to‘liq to‘xtamasidan oldin harakatlanganlarni jarimaga tortishi haqida yozgandi.

Shuningdek