Yangiliklar

Yarim yilda o‘zbekistonliklarning katta qismi Qirg‘izistonga sayohat qildi

1,5 mlndan ortig‘i
Foto: Tim Broadbent / Unsplash

Shu yilning yilning yanvar-iyun oylarida chet elga chiqqan o‘zbekistonliklar soni 3,5 million nafardan oshgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 810 ming nafarga, ya’ni 29,7 foizga ko‘pdir. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Eng ko‘p tashrif buyurilgan davlatlar qatorida yaqin qo‘shnilar yetakchilik qilmoqda. Jumladan:

  • Qirg‘iziston — 1 527 303 nafar fuqaro tashrif buyurgan.
  • Qozog‘iston — 664 669 nafar.
  • Tojikiston — 631 660 nafar.

Bu uch davlatga safar qilgan o‘zbekistonliklarning umumiy soni deyarli 2,8 millionni tashkil etadi.

Uzoqroqda joylashgan mamlakatlar orasida esa quyidagilar yetakchi bo‘ldi:

  • Rossiya — 230 412 nafar
  • Saudiya Arabistoni — 145 294 nafar
  • Turkiya — 102 000 nafar
  • Birlashgan Arab Amirliklari — 72 729 nafar
  • Misr — 30 959 nafar
  • Tailand — 16 671 nafar
  • Vyetnam — 16 179 nafar

Qolgan davlatlarga jami 102 622 nafar o‘zbekistonliklar safar qilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Qirg‘iziston o‘zbek bodringining eng yirik xaridoriga aylangani haqida yozgandi.