Hafta davomida dollar qanchaga oshdi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursining hafta davomida o‘zgarishi haqida so‘z yuritadi
Курс доллара в Узбекистане
Фото: Blogging Guide / Unsplash

O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi valyuta birjasida so‘nggi kunlarda keskin o‘sishni qayd etdi. Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursining hafta davomida o‘zgarishi haqida so‘z yuritadi.

AQSh valyutasining rasmiy kursi 1-avgust kuni 12 725,16 so‘mni tashkil etdi. Bu 31-iyulga nisbatan 32,74 so‘mga oshganini anglatadi. So‘nggi kunlardagi bu o‘sish dollar kursining barqaror ko‘tarilayotganini ko‘rsatmoqda.

Iyul oxiridan boshlab dollar ketma-ket uch kun davomida oshdi. 28-29-iyul kunlari esa aksincha, pasayish kuzatilgan edi. Ayniqsa, 30-iyul kuni 91,56 so‘mlik o‘sish bir kunlik eng katta o‘zgarishlardan biri bo‘ldi.

10-iyuldan 1-avgustgacha dollar kursi dinamikasi

Dollar kursining hafta davomida o‘zgarishi qanday / Foto: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

Valyuta bozorida talab oshgan paytda dollar kursining ko‘tarilishi kuzatiladi.

Dollar kursi hafta davomida jami 143,43 so‘mga oshdi.

SanaKurs (so‘m)O‘zgarish
1-avgust12 725,16+32,74 so‘m
31-iyul12 692,42+100,85 so‘m
30-iyul12 591,57+91,56 so‘m
29-iyul12 500,01−14,33 so‘m
28-iyul12 514,34−67,39 so‘m
25-iyul12 581,73−71,75 so‘m

Avvalroq Iyul oyi davomida dollar kursi umumiy hisobda 16,31 so‘mga oshgani haqida yozgan edik.

Iyulning so‘nggi kunlarida dollar kursi asta-sekin tiklana boshladi. 30-iyul kuni kurs 91,56 so‘mga oshib, 12 591,57 so‘mni tashkil etdi. 31-iyulda esa yana 100,85 so‘mga ko‘tarilib, 12 692,42 so‘mga yetdi. Bu oy yakunidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 1-avgust kuni dollar qanchaga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek