
iQOO Z10 Turbo+ smartfoni Valorant: Primal mobil o‘yinida 144 Gts yuqori kadr tezligi rejimini qo‘llab-quvvatlaydigan ilk qurilmalardan biri bo‘ladi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Smartfon 7-avgust kuni taqdim etiladi. O‘yin chiqarilish sanasi hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, Riot Games va Tencent’ning Photon Studio guruhi ishtirokida, professional mobil o‘yinchilar yordamida bir necha bosqichli sinovlar o‘tkazilgan. Ular o‘yin vizual sifatini kompyuter versiyasidagidek saqlagan holda, mobil qurilmalarda ham silliq ishlashini ta’minlashga intilgan. Shuningdek, o‘yinda qahramonlarning maxsus ko‘nikmalarini oddiyroq boshqarish uchun «ko‘nikma yo‘riqchisi» tizimi joriy qilingan.
ChinaJoy ko‘rgazmasida OnePlus kompaniyasi ham o‘z smartfonlari tez orada 144 Gts rejimini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lum qildi.
Smartfonning asosiy xususiyatlari:
- 8000 mA·soatli katta batareya
- MediaTek Dimensity 9400+ protsessori
- Uchtalik rang tanlovi: Cloud White (oq), Desert (cho‘l rang), Polar Gray (kulrang)
- Orqa panelda oilaviy uslubdagi dizayn
Avvalroq Kursiv Uzbekistan iQOO Z10 Turbo+ smartfoni avgust oyida taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.