
2025-yil 4-avgust, soat 09:00 dan 17:00 gacha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IM-2 qozonxonasi faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Qurilish-montaj doirasida:
- teskari quvur demontaj qilinadi,
- berkitma o‘rnatiladi,
- diametri 400 mm bo‘lgan baypas quvur o‘rnatiladi.
Shu sababli Qorasuv-1, Qorasuv-2, Qorasuv-3, Qorasuv-4, Qorasuv-6, Feruza mavzelari hamda Do‘rmon yo‘li ko‘chasidagi obyektlarda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Veolia Energy Tashkent issiq suvni tezroq tiklash ustida ishlamoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi yirik suv quvuri portlashi bo‘yicha rasmiy munosabat berilgani haqida xabar bergan edi.