Yangiliklar

O‘zbekiston voleybolchilari jahon chempionatini 14-o‘rinda yakunlashdi

Uchrashuvda pokistonliklar 3:0 hisobida ustun keldi
Foto: Olymic.uz

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yigitlar o‘rtasidagi U19 jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘z ishtirokini yakunladi. Bugun vakillarimiz 13-o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Pokiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Afsuski, uchrashuv O‘zbekiston jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechmadi. Uchrashuvda pokistonliklar 3:0 hisobida ustun keldi. Setlar natijasi: 25:18, 25:19, 25:18.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 14-o‘rinda yakunladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimining sanasi va joyi aniq bo‘lgani haqida xabar bergan edi.