
Tailand poytaxti Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar bokschining barchasi raqiblarini mag‘lub etib, ishonchli tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bokschilarimiz quyidagi natijalarni qayd etdi:
- 48 kg: Robiya Baxtiyorova – Ofeliya Magno (Filippin) — 5:0
- 51 kg: Gulsevar G‘anieva – Devika Gorpade (Hindiston) — 5:0
- 57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Viktoriya Bayduqova (Qozog‘iston) — 3:2
- 50 kg: Behruz Xoldorov – Vishvanat Suresh (Hindiston) — 3:1
- 55 kg: Samandar Olimov – Beksultan Boranbek (Qozog‘iston) — 5:0
- 60 kg: Shohruh Abdumalikov – Indra Sunar (Nepal) — 5:0
- 65 kg: Sayat Ilyasov – Ming Chen (Xitoy) — 5:0
- 70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Gyubin Park (Janubiy Koreya) — 5:0





Foto: O‘zbekiston Boks Federatsiyasi
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lazizbek Mullajonovda doping aniqlangani haqida xabar bergan edi.