Realme Note 70T taqdim etildi

3-avgust 2025 15:23 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Realme Note 70T
Realme Note 70T taqdim etildi / Foto: Relme

Yevropada arzon narxdagi yangi smartfon Realme Note 70T savdoga chiqdi. Qurilmaning boshlang‘ich narxi bor-yo‘g‘i €90 etib belgilangan. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Texnik xususiyatlar:

  • Ekran: 6,74 dyuymli IPS, 1600×720 pikselli, 90 Gts yangilanish tezligi
  • Protsessor: Unisoc T7250
  • Operativ xotira: 4 GB (12 GB gacha virtual kengaytirish mumkin)
  • Doimiy xotira: 64, 128 yoki 256 GB
  • Batareya: 6000 mA·soat, 15 Vt quvvat bilan zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi
  • Kameralar:
    • Asosiy: 13 MP
    • Old kamera: 5 MP

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

  • Himoya: IP54 standarti va harbiy darajadagi MIL-STD-810H chidamliligi
  • Barmoq izi skaneri: yon tomoniga o‘rnatilgan
  • Ulanish: Wi-Fi 5, Bluetooth 5.2, NFC, USB-C

O‘lchamlari va og‘irligi:

  • 167,2 × 76,6 × 7,94 mm, 201 g

Smartfon Android 15 operatsion tizimi asosida Realme UI 5 interfeysi bilan ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme 15 va 15 Pro smartfonlari sotib olishga ariydimi yoki yo‘qligi haqida yozgan edi.

Shuningdek