Samsung One UI 8’da yuklovchini bloklagani sababi ma’lum bo‘ldi

3-avgust 2025 14:13 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi o‘zining One UI 8 firmasi bilan ishlaydigan smartfonlarida bootloader (yuklovchi)ni bloklaganini o‘tgan haftada tasdiqlagan edi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Endi esa bu qarorning sababi ochiqlandi. Kompaniya bunga Yevropa Ittifoqi qonunchiligi talabiga ko‘ra majbur bo‘lgan.

2025-yil 1-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqining 2014/53/EU Radio Equipment Directive (RED) direktivasi kuchga kirdi. Unga ko‘ra, qurilma ishlab chiqaruvchilari:

  • ruxsatsiz dasturiy ta’minot o‘rnatilishining oldini olishi;
  • faqat xavfsiz yuklash texnologiyasidan foydalanishi;
  • faqat tasdiqlangan va imzolangan dasturlarni ishga tushirishga ruxsat berishi lozim.

Bu talablar bevosita bootloader haqida emas, ammo uni bloklash ushbu talablarni eng soddalashtirilgan tarzda bajarish yo‘li bo‘ldi.

Qaysi Samsung modellari ta’sirlandi

Yevropa va Xitoy bozorlaridagi quyidagi flagman modellarda yuklovchi bloklangan:

  • Galaxy Z Fold7
  • Galaxy Z Flip7
  • Galaxy S25, S25 Plus, S25 Ultra
  • Galaxy S24, S24 Plus, S24 Ultra

AQSh versiyalarida yuklovchi bir necha yil avval bloklangan edi.

XDA Developers forumidagi tahlilchilarning aytishicha, bootloader’ni blokdan chiqarish funksiyasiga tegishli kod nafaqat yashirilgan, balki butunlay olib tashlangan. Bu esa foydalanuvchilarning o‘z qurilmalariga mustaqil ravishda boshqa operatsion tizim yoki root huquqi o‘rnatishini deyarli imkonsiz qiladi.

Natijada Samsung ushbu o‘zgarishni foydalanuvchilar emas, balki Yevropa qonunchiligi talabiga binoan amalga oshirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dunyoning eng kuchli smartfonlari reytingi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek