Teslaning eng arzon elektromobili, Sultonali Rahmatov vafoti, Kamchatkada zilzila — hafta yakuni

eʼlon qilindi
Haftaning muhim yangiliklari batafsil Kursiv Uzbekistan’da
Foto: Uzbekistan Travel

Kursiv Uzbekistan o‘tgan hafta davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealarning eng muhimlarini bir joyga to‘pladi.

Tesla o‘zining eng arzon elektromobilini taqdim etdi

Tesla Model Y
Tesla eng arzon avtomobilini taqdim etdi / Foto: DrivingElectric

Tesla kompaniyasi o‘zining kompaniya tarixidagi eng arzon elektromobilini namoyish etdi. Bu haqda texnologiyalarga ixtisoslashgan ITHome nashri xabar bermoqda.

Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

Sultonali Rahmatov
Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Taniqli bastakor, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sultonali Rahmatov og‘ir kasallik sababli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari san’atkorning jiyaniga tayanib xabar bermoqda.

Kamchatkada 8,7 magnitudali zilzila yuz berdi

zilzila
Foto: Rossiya Fanlar akademiyasining Yagona geofizika xizmati

Rossiyaning Kamchatka yarimoroli yaqinida sodir bo‘lgan 8,7 magnitudali zilzila ortidan sunami yuzaga keldi. Bu 1952-yildan beri kuzatilgan eng kuchli zilzila bo‘ldi.

Janubiy Koreyada yashayotgan oʻzbekistonliklar soni 98 mingdan oshdi

2025-yil iyun oyi yakuniga koʻra, Janubiy Koreyada 98,4 mingdan ortiq oʻzbekistonlik yashamoqda. Bu koʻrsatkich bilan oʻzbekistonliklar mamlakatdagi eng yirik beshinchi diaspora boʻlib turibdi, deb xabar bermoqda The Korea Times.

Germaniyada yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi

Germaniyada 100 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan poyezdi izidan chiqib ketdi. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

7,5 yilga qamalgan «Toshshahartansxizmat» sobiq rahbari yarim yilda ozod etildi

«Toshshahartansxizmat» AJ sobiq rahbari Anvar Joʻrayev va yana 19 kishiga oid jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasida koʻrib chiqildi.

UzAuto Motors bank orqali avtomobil xaridiga oid shikoyatlarga munosabat bildirdi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillarini tijorat banklari orqali xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan UzAuto Motors kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi.

Elektromobil xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerak

Elektromobil xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerak / Surat: Sora sun’iy intellekti yordamida yaratildi

Elektromobillar sohasida sodir bo‘layotgan inqilob butun dunyoda transport tizimini tubdan o‘zgartirib bormoqda va ko’plab iste’molchilar an’anaviy yonilg’ili avtomobillardan voz kechib, ekologik toza va iqtisodiy jihatdan tejamkor elektromobillarga o‘tishni rejalashtirmoqda. Xo‘sh, elektromobil xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerak? Kursiv Uzbekistan bu haqda bir qator ma’lumotlarni tayyorladi.

Tesla va Samsung 16,5 milliard dollarlik chip kelishuvi imzoladi

Tesla kompaniyasi Janubiy Koreyaning Samsung Electronics firmasi bilan $16,5 mlrdlik chip yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Kelishuv 2033-yilgacha amal qiladi, deya xabar bermoqda Reuters.

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar dublikatini olish osonlashdi

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar, masalan, attestat yoki guvohnomalarning dublikat nusxasini olish jarayoni endilikda yanada qulaylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qozog‘istonda yo‘qolgan harbiy vertolyotning bo‘laklari topildi – qidiruv davom etmoqda

Olmaota viloyatida yo‘qolgan harbiy vertolyot besh kundan buyon qidirilmoqda.

EC-145 rusumidagi harbiy vertolyot 25-iyul kuni «Lugovoye» aerodromidan havoga ko‘tarilgach radarlardan g‘oyib bo‘lgandi. Uning bortida uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanadi

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov 2025-yil oxirigacha patent asosida ishlayotgan muhojirlarga taksi haydashni taqiqladi.

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» mashg‘ulotlariga qaytdi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Angliyaga yetib borib, «Manchester Siti» klubi ixtiyoriga qaytdi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmadi

Xitoy va AQSh o‘rtasida Stokgolmda o‘tgan ikki kunlik savdo muzokaralari yakuniga yetdi. Tomonlar 12-avgustdan kuchayishi kutilayotgan bojxona tariflarini oldini olish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, deya xabar bermoqda CNN.

Internet va roʻyxatdan oʻtmasdan ishlaydigan messenjer ishga tushirildi

Twitter (hozirgi X) asoschilaridan biri Jek Dorsi tomonidan Bluetooth orqali ishlovchi yangi Bitchat ilovasi ishga tushirildi. Uni App Store’dan yuklash mumkin.

Gʻarbning 15 davlati Falastinni davlat sifatida tan olish bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 15 davlat tomonidan Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi qo‘shma bayonotni e’lon qildi.

Toshkent viloyatida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega bo‘lgan Charvoq shamol elektr stansiyasining qurilishi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekgidroenergo» matbuot xizmati xabar berdi.

Saudiya Arabistonida attraksion qulab tushdi: kamida 23 kishi jarohat olgan

Saudiya Arabistonining Taif shahridagi Green Mountain Park dam olish maskanida attraksion qulab tushishi oqibatida kamida 23 kishi jarohat oldi. Bu haqda Freepressjournal xabar bermoqda.

Ish haqi va stipendiyalar 10 foizga oshirildi

2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Toshkentda Go‘sht va jonli qoramol importyorlari uyushmasi tashkil etiladi

Tadbirkorlar tomonidan Go‘sht va jonli qoramol importyorlari uyushmasini tuzish taklifi berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Dunyoning eng kuchli smartfonlari reytingi e’lon qilindi

AnTuTu iyul oyi uchun dunyoning eng kuchli smartfonlari reytingini e’lon qildi.

Shuningdek