
Apple kompaniyasi 2025-yilning uchinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi. (Kompaniyaning moliyaviy yili oktabrdan boshlanadi) Kompaniya chorakni $94 mlrd daromad bilan yakunladi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 10 foiz yoki $8,2 mlrd ko‘p.
Ma’lum qilinishicha, sof foyda $23,4 mlrd bo‘lib, o‘tgan yilgi $21,4 mlrddan oshdi. Operatsion foyda esa $28,2 mlrdni tashkil etdi. Apple iPhone sotuvidan $44,6 mlrd daromad oldi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich $39,3 mlrd edi. Mac sotuvi ham oshib, $8 mlrdga yetdi. Servislar bo‘yicha daromad $27,4 mlrdni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich iPhone’dan keyingi eng katta daromad manbai bo‘ldi. iPad sotuvi esa pasaydi – $6,6 mlrd bo‘ldi (o‘tgan yili $7,2 mlrd).
Shuningdek, aksessuarlar va uy elektronikasidan tushgan daromad ham kamayib, $7,4 mlrdni tashkil qilgan (oldin $8,1 mlrd).
Apple daromad o‘sishiga global hududlarda ham erishganini ta’kidladi. Kompaniyaga ko‘ra, iPhone, Mac va xizmatlar segmentida ikki xonali o‘sish qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple kompaniyasi xodimlari qancha maosh olishi ochiqlangani haqida yozgan edi.